Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti

Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti
Daraja:
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
Yo'nalish:
Madaniy-ma`rifiy
Turi:
O`quv-qo`llanma
Nashr etilgan yili:
2008
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-14 21:58:15
«Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fanining asosiy maqsadi – xor ijrochisi bo`lish uchun kollej yoki akademik litseyga oqishga kirgan, qolaversa, kelajakda «Xor dirijori» malakasiga ega bo`lish istagidagi o`quvchi-yoshlarga xor san’ati haqida dastlabki nazariy bilimlarni, yakkaxon va xor ovozlarining tasnifi, ularning diapazoni va registrlarini, to`g`ri talaffuz qilish qoidalarini, shuningdek, asosiy musiqa atamalari, musiqiy ifodaviylik vositalarini o`rgatishdir. Bu fan o`quv rejalariga muvofiq belgilangan semestrda ma’ruzalar tarzida o`tiladi va xor san’atining insoniyat madaniyatidagi o`rnini yanada chuqurroq, mukammal o`zlashtirib olishlaringizda katta yordam beradi. Ma’ruzalarni, musiqiy misollarni tinglab, xorlarning tuzilishi, inson ovozlari, diapazoni, badiiy imkoniyatlari, rang-barang ijro uslublari haqida aniq tasavvurga ega bo`lishingiz zarur, bu davr taqozosi, umumbashariy ta’lim talablariga javob beradi. Turli xalqlarda xor ijrochiligining rivojlanishini taqqoslab o`rganish sizlarning dunyoqarashingizni, bilim chegarangizni kengayib borishiga ko`mak beradi. Mashg`ulotlarda xor jamoalari tuzilgandan keyin kompozitorlar tomonidan yozilgan asarlarda ijrochilik imkoniyatlarining kengayib borishi, janrlar xilma-xilligi haqida, kichik va katta to`liq xorlar uchun yaratilgan sara asarlar haqida mustaqil izlanishlar orqali bilib, ustoz bilan bahsli munozaralar uyushtirsangiz maqsadga muvofiz bo`lar edi. «Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fani bo`yicha mashg`ulotlar yakuniy reyting nazorati o`tkazish bilan tugatiladi. Reyting shakllarini ustoz o`z tajribasidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Quyidagi yo`nalishlarda bilimlarga ega bo`lganligingizni namoyish etishlaringiz lozim:

Дабавлено : 2021-04-14 21:58:15

Этот категорий

Гўшт маҳсулотлари ишлаб чиқариш корхоналарининг жиҳозлари

Хўжалик процессуал ҳуқуқи

Binolarning muhandislik jihozlari

Оқушыларды қазақ тілі сабағына қызықтырудың кейбір көрінісі

Gazlamashunoslik

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш