O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim tizimi ham o’ziga xos rivojlanish yo’liga o’tdi. Bu o’ziga xoslik boy milliy tarix, madaniyat, til, yuksak ma’naviy-axloqiy mazmunga ega bo’lgan milliy qadriyatlar, urf-odatlar asosida hamda dunyodagi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlarining ilg’or jihatlariga tayangan holda ta’lim tizimining milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy mustaqillikni mustahkamlashning birinchi sharti - xar tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni tarbiyalash sanaladi. Mustaqillik yillarida ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’lim tizimi isloh kilinib, o’ziga xos uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi «...O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soxadir.