tajribadagi hayvonlarning patologik jarayonlarining kechish xususiyatlari ham o’rganilib, davolashning 10–15 kunlarida ular ancha ijobiy tomonga siljiganligi aniqlandi. Shu bilan birga tajribadagi hayvonlardan tajribagacha va tajriba davomida qon olinib, qonning ayrim morfobiokimyoviy ko’rsatkichlari tekshirib borildi. Tekshirishlar natijasida hayvonlardagi patologik jarayonlardagi ijobiy o’zgarishlar boshlanganda qondagi morfobiokimyoviy ko’rsatkichlar ham fiziologik me’yor atrofiga yaqinlashganligi aniqlandi.