Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo`lib kelgan. Ammo dunyodagi xalqlarning barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Farzandlarning har tomonlama kamolotini orzulagan insonlar, azaliy ma`rifatga, madaniyatga mansub yurtlarning donishmandlari — eng mo`’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanishgan. Albatta, ularning orasida bugun O`zbekiston deb atalmish muqadqas zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati va bu yo`lda to`plagan muayyan tajribasi bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan haqiqatdir.