Bu daftarni men to’qimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta`tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi to’qimachilar xiyobonida ham katta archa o’rnatilib, xilma-xil o’yinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda ham odam bo’yi keladigan Qorboboning ko’m-ko’k ko’zlariga, rango-rang chiroklarga mahliyo bo’lib turgan bolalarni ko’raman.