Keyin xursand bo`lasiz.

Keyin xursand bo`lasiz.
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Hikoyalar
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-14 20:20:37
Bir-birini taniganiga uch kun bo’lmasdanoq turmush qurishga va’dalashib qo’yishibdi. Bo’lg’usi kelin durustgina oilaning qizi bo’lib, ota-onasi juda nozikta’b odamlar ekan. Shuning uchun ham qiz yigitga: — Uyimizga borib, chol-kampirdan ham rozilik olmasang bo’lmaydi, — debdi. Kuyov to’rani so’rasangiz, o’zi juda mo’min-qobil yigit, bir gapni ikki qilgisi kelmaydi, iloji boricha birovning ko’nglini ranjitmasam, deydi. Shunga ko’ra u: — Juda soz, ertagayoq uyingga borib, otangdan to’yga ruxsat olaman, — deb qizni xotirjam qilibdi. Qiz voqeani onasiga aytibdi. Onasi ham bor gapni oqizmay-tomizmay eriga yetkazibdi. Xullas, ikkovi ertasigayoq kuyov bilan uni ichkari olishibdi. Hammalari birgalikda qahva ichishibdi, allavaqtgacha uyoq-buyoqdan gaplashib o’tirishibdi. Ana gapiradi, mana gapiradi, deb chol-kampir rosa kutibdi, lekin yigit sira to’ydan og’iz ochmasmish. Buning ustiga ketishni ham o’ylamasmish. Kech kirib, qorong’i tushibdi. Kechki ovqatni ham baham ko’rishibdi. Ketidan yana qahva ichishibdi. Bo’lg’usi kuyov hamon churq etmasmish. Og’iz poylash bilan vaqt allamahal bo’libdi, yarim kechada mehmonni haydab bo’larmidi? Noiloj unga joy solib: — Narigi xonaga o’ta qoling, marhamat o’rningiz tayyor, — deyishibdi.

Дабавлено : 2021-04-14 20:20:37

Этот категорий

Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти

Бухгалтерский учет и аудит

Қарақалпақ тилинде теңлес еки компонентли фразеологизмлер oқыў - методикалық қолланба

Ижтимоий-маданий фаолиятда сценарийчилик

Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш