So`ngi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvchilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo`nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish , masofadan turib universitetlarga o`qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo`ylab millati, dini va tilaidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o`z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda.