...«Shohsanam» choyxonasi shundoq katta yo’l yoqasidagi quyuq daraxtzor orasida joylashgan. Choyxona yaqin-uzoqqa hil-hil pishib turadigan jizi bilan tanilgan. Yo’lovchilar yoki haydovchilar masofani aytishganida aksar hollarda mo’ljal qilib choyxonani olishardi:
— «Shohsanam»gacha ikki soatlik yo’l qoldi... — Yo bo’lmasa: — «Shohsanam»dan chiqqanimizga uch soat bo’ldi... — qabilida.
Katta yo’lning doimiy haydovchilariyu yo’lovchilari «Shohsanam»ga tushishganda albatta jiz buyurtma qilishadi.
Choyxona yonidagi buloq esa shirin va shifobaxsh suvi bilan mashhur. Balki shu sabablidir, «Shohsanam»ning choyi ham o’zgacha ta`mi bilan ajralib turadi.
Xullas, avgust oyoqlay boshlagan kunlarning biri edi.