Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlodni jismoniy kamolotini rivojlantirish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko’tardi.
Sportga bo’lgan e’tibor nafaqat bizning davrimizda, balki bundan bir nech yuz yillar yashab o’tgan ajdodlarimiz davrlarida ham muhim masalalardan bo’lgan. O’ha paytlari ham har xil xalq o’yinlari, musobaqalari o’tkazilib turilgan. Demak, insoniyat abadul- abad tarbiya jarayonida tan tarbiyasi, odam bolasining jismoniy fazilatlari deb atlmish “kuch”, “tezkorlik”, “chidamlilik”, “chaqqonlik”, “egiluvchanlik”, “bo’g’inlar harakatchanligi” va “muskul elastikligi”ni rivojlantirishga uringanlar.