Talabalarning nazariy bilimlarini rivojlantirishga yordam bеruvchi fizik ta’lim mazmunini yaratish va tеgishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amalga oshirilayotganligi munosabati bilan umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va Oliy ta’lim muassasalaridagi fizika ta’limi mazmunining yangilanishi, ularning yangi laboratoriya sinflari, yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo’lajak fizika o’qituvchilarini tayyorlash mazmuniga bevosita ta’sir ko’rsatmoqda.