Ma’lumki, sport mashqlari bilan shug’ullanish harakat apparati va energetik tizimlar quvvatini oshiradi hamda fiziologik funksiyalarning tejamini tezlashtiradi. Muntazam ravishda mashq qilish mashq faoliyati hajmini oshiradi, o’pkaning umumiy va tiriklik sig’imini ko’paytiradi, yurak vazni va hajmini oshiradi, qonning sistolik hajmini, mushaklardagi kapiliyarlar sonini ko’paytiradi, qondagi eritrositlar va gemoglobin miqdorini, mushaklarda mioglobinni, gilikogen va keratin - fosfat miqdorini oshiradi, sportchilarda mushak vaznini, kuchni, epchillik, chidamlilik xususiyatlarini va harakatlar uyg’unligini rivojlantiradi