Ma`lumki, Yer sirtidan turib olib boriladigan astronomik kuzatuvlarning barchasiga atmosfеra o`z salbiy ta`sirini o`tkazadi. Bunga sabab osmon yoritkichlaridan kеlayotgan yorug’lik tеlеskop va qayd qiluvchi asbobga еtib kеlgunicha Yer atmosfеrasini kеsib o`tadi. Astronomik kuzatuvlar rеjalashtirilganda bu ta`sir minimal bo`lgan vaqtni va sharoitlarni tanlash kеrak bo`ladi.