Til tovushining lisoniy birlik holatini eshitib, ko`rib bo`lmaydi, faqat aql bilan idrok etish mumkin. Shunga ko`ra til tovushlari tizimini tasvirlash ularning nutqiy birlik (talaffuz birligi) holati asosida amalga oshiriladi. Til tovushlarini og`zaki yo`sinda tasvirlash talaffuz birliklari bilan, yozma yo`sinda tasvirlash esa harfiy ifodalar yordamida amalga oshiriladi.