Chiziqli differensial tenglamalar sistemasi holida yechimning analitik ko`rinishda toppish mumkin. Chiziqli bo`lmagan sistemalar holida esa bu ifodalar shunchalik murakkab bo`lishi mumkinki, ularni bevosita tahlil etish murakkab masala bo`ladi. Shuning uchun tenglamalarning ko`rinishi bo`yicha differensial tenglamalar yechimlarini o`rganishga yordam beradigan nazariyani yaratish zaruriyati paydo bo`ldi. Bunday nazariya bo`lib analitik nazariya bilan bir qatorda differensial tenglamalarning sifat nazariyasi hisoblanadi.