Biologiyaga fizika, matematika va boshqa aniq fanlarning kirib borishi hozirgi kungacha hal etish murakkab va qiyin bo`lgan amaliy xarakterdagi ko`plab muammolarning yechimiga kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Cho`chitish (repellent) vositalarimuammosi tibbiyotda, dehqonchilikda, uzumchilikda va inson faoliyatining boshqa ancha muhim sohalarida katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda yangi hududlarning o`zlashtirilishi tufayli binolar, g`allachilik mahsulotlari, baliqchilik, asalarichilik va boshqalarni qushlardan ishonchli himoyalash davlat ahamiyatidagi vazifaga aylanib qolmoqda.
Yangi joylarda uchraydigan yovvoyi hayvonlar ko`pincha o`ta xavfli kasalliklarni keltirib chiqarib, uning salomatligiga kuchli putir yetkazadi, ba`zan esa og`ir oqibatlarga olib keladi.