Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharofati ilmu-fanimizning rivojlanishiga, tabiat sirlarini puxta o’rganishga, undan oqilona va ehtiyotkorona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi.
O’zbekistonning o’simliklar dunyosi juda turli tumandir. Ular cho’l mintaqasidan tortib, tog’ cho’qqilarigacha tarqalgan. Ularning juda ko’pchiligi faqat yovvoyi holda o’sib, ilmiy jihatidan hali kam o’rganilgan. Bularning ichida shunday o’simliklar borki, ularni xalq xo’jaligida ko’p tomonlama ishlatish mumkin (masalan, oziq-ovqat, tibbiyot, parfyumeriya, to’qimachilik sanoatlarida, asallarichilikda, manzarali o’simlik sifatida va boshqa sohalarda).