Mustaqillikni qo`lga kiritganimizdan so`ng bo`lib o`tayotgan siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy o`zgarishlar respublikamizning ichki imkoniyatlarini tezkorlik bilan ishga solib, aholining moddiy-ma`naviy turmush darajasini oshirish, yurtimizni yaqin kelajatda har tamonlama rivojlangan mamlakatlar safidan o`rin olishga erishishiga qaratilmoqda. Bu o`rinda chorva mollarini sog`lomlashtirish yo`li bilan tuyoq sonini saqlash va uni oshirish, chorvachilikdan olinayotgan mahsulotlar mahsuldorligini oshirish, ya`ni aholini go`sht, sifatli teri, jun mahsulotlari bilan ta`minlash, kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarish uchun esa mahsulotlarini ko`paytirish kabi masalalami hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.