O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega.