Sarkodalilar sinfi 11 mingdan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ushbu sinf vakillari asosan dengizlarda, qisman chuchuk suv havzalarida va nam tuproqda yashaydi. Butun tanasi orqali nafas olishga moslashgan. Parazitlik bilan hayot kechiruvchi turlari ham anchagina. Sarkodalilarning gavda o’lchamlari 10-15 mkm dan 2-3 mm gacha. Tanasida qattiq po’st bo’lmaydi, balki hujayra tanasi sitoplazmatik membrana bilan tashqi muhitdan ajralib turadi.