Elyorga safarga jo`nashini aytishdi. Qaerga deng? Oyto`g`onga! U Oyto`g`onni esladiyu ko`z o`ngidan qadrdon qishloqning shirin-sharbatli bog`lari, qaddi dol, uzzukun yelkasidan ketmon tushmaydigan Xonimqul ota, qalbiga bitmas armon tashlab ketgan Gulsun o`tdi.