Xarbiy xizmatdan qaytgan Rustam ikki oy badalida ham biror ishni ketidan tushmadi. U ishni bunday deb, bu ishni unday deb, dalada ketmon chopishga esa bo`yni yor bermay yurganida qishlog`iga ilon ovlovchilar ko`noq bo`lishdi. Shularning yumushi unga bir oz ma’qul ko`rindi-yu, ertasigayoq kumga chiqib ketdi.