Boltaboy yarim kechasi yotgan joyida ko`zlarini ochdi-yu, bir zum hech narsa tushunmay, angrayib qoldi. Ikki ukasi eron gilami ustida mast odamlarday beso`naqay holatda dumalab yotishar, butun ayvon xuddi dahshatli zilzila yuz berganday ag`dar-to`ntar qilib tashlangan edi.