Istiqlol qadriyatlarimizga, mumtoz adabiyotga bo`lgan munosabatni tubdan o`zgartirdi. Mumtoz adabiyotni xolis, to`la va haqqoniy o`rganish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, Navoiy hayot va ijodini o`rganishda yangi sahifalar ochmoqda. Navoiy asarlarining to`la va mukammal 20 jildan iborat asarlar to`plamining nashr etilishi Navoiyshunoslikning katta yutug`i bo`ldi.