Har qanday jamiyatning taqdirini unda yashaydigan insonlar belgilaydi. Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklash ham, tubanlik qariga tortish ham odamning qo’lida. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi kunda o’ta dolzarb masalaga aylangan.