Ma’lumki, boshlang`ich ta’lim darslari o`ziga xos xussuiyatga ega. Chunki boshlang`ich ta’lim davlat talablarini hayotga tadbiq etishfa muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tili o`qitish asosiy o`rinni egallaydi.
Bundan tashqari ushbu ma’ruza matni tabiyatshunoslik va yangi pedagogik texnologiyalarni darslarda qo`llash usullari ham keltirib o`tilgan.
Davlat talablarini bajarish va o`quvchiga zamonaviy bilim berish uchun, o`qituvchining o`zi ana shunday bilimga ega bo`lmog`i lozim.
O`quvchilarning puxta va mustaqil bilimli, har tomonlama yetuk bo`lib voyaga yetishlarini ta’minlash uchun ta’lim metodlarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Ushbu ma’ruzalar to`plami davlat talablari asosida yuqorida aytib o`tilgan fikrlarni amalga oshirish maqsadida o`qituvchilarga metodik yordam sifatida tayyorlandi.