Ushbu uslubiy qo’llanma «Umumiy kimyo» kursininig «Anorganik» kimyo bo’limi bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan bo’lib, pedagogika institutlarining «Kimyo-ekologiya» yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Unda har bir laboratoriya ishi uchun qisqacha nazariy muqaddima, ishni bajarish tartibi va nazorat savollari berilgan.
Uslubiy qo’llanma talabalarning «Anorganik» kimyo kursi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashda hamda mustaqil ishlashlari uchun yordam beradi.