Ushbu uslubiy ko’rsatma 5440400-Kimyo bakalavr yo’nalishi bo’yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarga “Modda tuzilishi” fani asosida kimyoviy birikmalar va ularning tuzilishi hamda reaksion qobiliyatini tushunishga yordam beradi. Jumladan, mikrozarrachalardan iborat bo’lgan moddalarni tashqi maydonlar bilan ta’sirlashuvi natijasida makrosistemalarda ro’y beradigan jarayonlar, ularning mehanizmi, kvant – mexanika sabablarini tushuntirishga va bu yo’lda amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlariga xizmat qiladi.