Milliy istiqlol o`zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi, uni jahonga yoyib, 1X-X1Y asrlardagi shuhrati-yu an’anasini sharaf bilan davom ettirish imkoniyatini ham berdi. "Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli", "Kadrlar tayyorlashning o`zbek modeli" kabi jahonda shuhrat qozonayotgan ijtimoiy-ma’naviy yutuqlar bilan bir qatorda o`zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlari ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda.