Karbon kislotalar radikalidagi bir yoki bir necha vodorod atomining gidroksil guruhga almashinishidan hosil bo’lgan organik birikmalarga oksikislotalar deyiladi. Karbon kislotalarning radikallari tarkibida karbonil guruh (С=О) tutganlari aldegid ketonokislotalarga ajratiladi. Oksikislotalarni nomlashda asos qilib karbon kislotaning sistematik yoki ratsional ismi olinib, uning oldiga almashingan guruhning tartib raqami va nomi qo’shib aytiladi.