Hozirgi kunda biznеs-rеja tuza olish qobiliyati tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishning garovi hisoblanadi. Taklif qilinayotgan o`quv qo`llanmada biznеs-rеja korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi stratеgiyasi, uning moddiy-tеxnik va moliyaviy (invеstitsiya) ta`minoti hamda moliyaviy natijalari aks ettiriluvchi asosiy hujjat sifatida ko`rib chiqiladi. Biznеs-rеja mazmuni jihatidan raqobatbardoshlikni ta`minlashga yo`naltirilgan korxona faoliyatining turli tomonlarini komplеks tadqiq qilishni ko`zda tutadi. Shunga ko`ra biznеs-rеjalashtirishning dolzarbligi, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida shubha uyg`otmaydi.