Musiqiy ijrochilik san’ati o`z taraqqiyoti davomida ko`p asrlik an’analarni meros qilib olgan. Ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Ovro`pa musiqiy san’ati targ`iboti
natijasida xalqimiz dunyoviy musiqa bilan oshno bo`la boshladi. Hukumatimizning Ma’naviyat va ma’rifatni qo`llab quvvatlash, rivojlantirishga mo`ljallangan qator qarorlarida yosh avlodni tarixiy qadriyatlarimizga, madaniy me’rosimizga hurmat ruhida tarbiyalash bilan birga dunyoviy san’atni ham mukammal egallashlariga alohida e’tibor qaratilgan.