Ushbu ma’ruza matni filologiya (o`zbek tili va adabiyoti) bakalavri yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan.
Ma’ruza matni uzluksiz ta’lim tizimida 1999 yilning 16-avgustida tasdiqlanib, umumiy o`rta ta’limga joriy etilgan «Ona tili» (qar.: Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi. «Ta’lim taraqqiyoti». 1999. 1- maxsus son), 2000 yilning 10-avgustida ma’qullanib, akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar va filologiya yo`nalishida 2000-2001 o`quv yilida tatbiq qilingan «Hozirgi o`zbek adabiy tili» o`quv dasturlarining (tuzuvchilar A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, N.Qosimova) bevosita davomi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy o`quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash Preziduimida muhokama etilgan va tasdiqlangan (2002- yil 15-iyun, 27-bayonnoma) Filologiya (o`zbek tili va adabiyoti) bakalavri yo`nalishi uchun namunaviy o`quv dasturi (tuzuvchilar H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva) asosida yozilgan.