E’tiboringizga havola etilayotgan ma’ruza matni mumtoz arab adabiyotga oid bo`lib, VI-XVI asrlarni o`z ichiga oladi. Birinchi davr islomdan avvalgi Johiliya davri adabiyotiga oid bo`lib, u VI-VII asrlarda yashab ijod etgan o`nga yaqin shoirlar hayotiga bag’ishlangan.Dastlabki shoirlar Al-Muxalxil, ash-Shanfara ijodi bilan bir qatorda, “Mu’allaqa” mualliflari Imrulqays, Antara, Zuhayr ibn Abi Sulmo, Haris ibn Hilliz, Amr ibn Kulsum, Tarafa va Labid ibn Rabialar hayoti va ijodiga to`xtalib o`tiladi.