Davriy sistemada birinchi element - vodorod (Hydrogenium), suv hosil qiluvchi element bo`lib, atomi eng oddiy elektron tuzilishi - 1s1 ga ega. Qisqacha tarixiy ma`lumot. Bu element XYI asrda nemis tabiatshunos -hakimi Paratsels tomonidan ochilgan. 1776 yilda angliya olimi G. Kavendish uning xususiyatlarini o`rgangan. Lavuaze 1783 yilda eng birinchi bo`lib suvdan vodorodni olib, suv vodorod va kislorodning birikmasi ekanligini isbotlagan.