Ushbu nashr O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining oily o’quv yurtalri uchun o’quv qo’llanmalariga nisbatan qo’yiladigan talablarni e’tiborga olgan holda tayorlangan va “Mutaxasislik nazaraiyasi muammolari (xalqaro munosabatlarning uslubiy jihatlari)” kursi bo’yicha eng muhim mavzularni o’z ichiga olgan.
Kitobda xalqaro munosabatlar tushunchasi va mezonlariga ta’rif beriladi, xalqaro munosabatlarni o’rganish nazariyasini va amaliy uslubiyotini yo’lga qo’yishning asosiy muammolari yoritib beriladi, xalqaro hayotni tahlil etish nazariyasi bilan amaliyotning o’zaro hamjihatligi muammolari ochib beriladi.
O’quv qo’llanmasi talabalar, aspirantlar va xalqaro-siyosiy fanlar uslubiyoti va nazariyasi muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo’ljallangan.