Mazkur o’quv qo’llanma teхnika oliy o’quv yurtlarining «Oliy matematika» fani o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, teхnika oliy o’quv yurtlari fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu o’quv qo’llanma “Analitik geometriya” ning asosiy bo’limlaridan “Ikkinchi tartibli egri chiziqlar” nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, to’rt bobdan iborat. Har bir bobning oxirida “O’z bilimini sinash uchun savollar va topshiriqlar” berilgan. Bundan tashqari har bir talaba “Mustaqil ta’lim” darslarida bajariladigan mustaqil ish variantlari keltirilgan. Undan «Aylana va ellips» bo’limini o’rganishda boshqa o’quv yurti talabalari qo’shimcha adabiyot sifatida foydalanishlari mumkin