Ekologiya grekcha sozdan olingan bolib “oykos” –uy “logos” –fan demakdir. Bu soz birinchi marta nemis olimi E.Gekkel tomonidan 1866 yilda “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” deb nomlangan asarida berilgan. Ekologiya tarbiiy uyimizni oirganish, unda yashovchi barcha tirik organizmlar va bu uyning hayot uchun yaroqli qiluvchi barcha funksional jarayonlarni oz ichiga oladi. Boshqacha aytganda ekologiya fani bu organizmlarning oz uyi togrisidagi fan bolib, bu fanda asosiy e’tibor organizmlar va tashqi muhit orasidagi boglanishlar xarakteriga qaratiladi.