Yadro barcha hayvon va o’simlik hujayralarining asosiy va doimiy qismidir. U o’zida organizm uchun zarur bo’lgan barcha axborotlarni tutadi va hujayrada doimo bo’lib turadigan fiziologik, bioximik jarayonlarni boshqarib turadi. Shunga ko’ra har bir tirik organizmda boradigan hayot jarayonlari shu turga xos tartibda boradi.