Istiqlolga erishgan O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning xayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik bois, xalqimiz o`zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug` ajdodlarimiz – buyuk pedagog –faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug` allomalarning ta’limotlarini o`rganish sari yo`l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi