Muayyan masalada o’lchamlarini e’tiborga olmasa ham bo’ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi. Har qanday jism unga qo’yilgan kuch ta’sirida o’z shaklini ma’lum darajada o’zgartiradi, deformatsiyalanadi. Agar bu o’zgarishni (deformatsiyani) e’tiborga olmaslik mumkin bo’lsa, bunday jism absolyut qattiq jism deyiladi.