Ashyolarning fizik-mexanik xossalarini o’rganish va qurilish konstruksiyalarini defektoskopiya qilish uchun radiatsion usullar qo’llaniladi. Bu borada amaliyotda ko’proq tarqalgan usul rentgen usuli, ya’ni elektron tezlatgichlarning nurlanishini tormozlash va gamma usullaridir. Bu usullar o’xshash masalalarni echishda qo’llaniladi. Pozitrondan foydalanishga asoslanib qurilgan radiografiya usuli va issiqlik neytronlari oqimining nurlanishi usuli istiqbolli hisoblanadi. Neytronlardan foydalanish ashyodagi namlik miqdorini, pozitronlardan foydalanish esa ashyodagi horg’in zo’riqishni aniqlash imkonini beradi.