Tilshunoslik bo`limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e`tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o`rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo`llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Uning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya’ni avvaldan tayyor bo`lmagan) so `z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir