Bugun dunyo iqtisodiyotida tabiiy boyliklar qatorida paxta xom ashyosiga bo’lgan talab ancha yuqori. Shu sabab, jahonning sanoqli davlatlarida etishtiriladigan paxta bejizga “oq oltin” deya e’tirof etilmagan. Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, paxta sanoatining rivoji yo’lida olib borilayotgan tadqiqotlar o’zining ulkan samarasini berayotir.