Yer sharida uchraydigan barcha o`simlik turlari hech vaqt yakka(boshqa tirik organizmlardan ajralgan) holda hayot kechira olmaydi. Muayyan bir yerning o`zida bir necha o`simlik turlari birgalikda o`sayotganini ko`rish mumkin. Bu o`simliklar tuban va yuksak o`simlik vakillaridan tashkil topgan bo`ladi. Haqiqatdan ham barcha gulli o`simliklar bilan birga tuproqda ba`zi suv o`tlari bakteriyalarni va zamburug`larni uchratish mumkin. O`simliklarning tarqalishi haqida gap borganda, har bir geografik zonaning o`ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur.Bu vazifa bilan esa botanikaning yana bir tarmog`i-o`simliklar ekologiyasi shug`ullanadi.