«Farg’ona vodiysi landshaftlaridan samarali foydalanish masalalari» mavzusi Farg’ona vodiysi landshaftlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro’lini ochib berish bilan bir qatorda landshaftlar tarkibida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, ular taraqqiyotini bashoratlash, istiqbolda foydalanish, landshaftlarni muxofaza qilish yo’llarini ochib berish tadqiqotning asosiy maqsadi va vazifalaridan xisoblanadi.
Farg’ona vodiysida landshaftlarning kuchli darajada antropogen tazyiqqa uchraganligi landshaft komponentlaridan oqilona foydalanish muammolarini keltirib chiqarmokda;
Landshaftlarning tadrijiy o’zgarishi kishilar va tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir xamda aloqadorliklar munosibligini turli ko’rinishda bo’lishiga olib kelmoqda;
Iqtisodiyotni rivojlantirish davomida tabiiy resurslardan ayniqsa landshaftlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Ya’ni bu yerda ekologik qiymatni iqtisodiy qiymatdan ustun qo’ymok zarur.