So’z yasalishiga oid asosiy tushunchalarni to’la va to’g’ri belgilash, ulardan har birining mohiyatini to’g’ri aniqlash so’z yasalishi tizimi bilan bog’liq barcha hodisalarning mohiyatini to’laligicha to’g’ri yoritish imkonini beradi. Bu tushunchalardan har birini aniq belgilash va mohiyatini to’g’ri yoritish boshqasining ham shunday muvaffaqiyatli hal etilishiga yo’l ochadi.