Kasb-hunar ta`limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko`p jihatdan Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglarning layoqatlariga bog`liqdir. Ishlab -chiqarish ta`limi jarayonida kasbiy- pedagogik ko`nikma va malakalar tizimi yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab iqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun kasb-hunar kollejlari Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish jarayonining va o`z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etishi lozim.