Tilshunoslik fanining qiyosiy tipologiya yo’nalishiga bo’lgan qiziqish doimo katta bo’gan. Til paydo bo’lgandan buyon boshqa tillarga qiyoslanadi. Chet tilini o’rganish jarayonida uning leksik, grammatik jihatlari ona tili tizimidan izlanadi va o’rganiladi. Nemis tili grammatikasining murakkab kategoriyalaridan biri bo’lgan so’z birikmasini o’rganish, har tomonlama tadqiq etish hamda o’zbek tili bilan qiyoslash ushbu hodisaninig mohiyatini to’la ochib berish mavzuning nechog’lik dolzarb ekanligidan dalolat beradi.