Dissertasiya ishining maqsadi – lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilida kiritilgan so’z yoki matnni to’g’ri talaffus yetilgan ovozli fayl ko’rinishiga o’tkazish algoritmi va dasturini yaratishdan iborat. Tadqiqot obekti lotin grafikasi asosida, o’zbek tilida kiritilgan matn, predmeti ushbu matndan aniq va ravon nutq hosil qilib, uni ovozli ko’rinishda foydalanuvchiga yetkazib berish. Dissertasiya ishida bugungi kunga qadar yaratilgan bir qancha matndan nutq yaratuvchi tizimlarda qo’llanilgan uslublardan va ushbu uslublar asosida o’zbekcha nutqni sintez qilish tizimi uchun maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanildi.