Mazkur metodik tavsiyada asosan umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari o`rtasida umumta’lim fanlari bo`yicha o`tkazilgan bilimlar bellashuvi viloyat bosqichi natijalariga ko`ra aniqlangan va 2014-2015 o`quv yilida ta’lim sifati monitoringi natijasida aniqlangan o`quvchilar o`zlashtirishi qiyin bo`lgan va bo`sh o`zlashtirilgan mavzular uchun zarur bo`ladigan metod, usul yoki uslublar, shuningdek, dars ishlanmalari keltirib o`tilgan. Ushbu metodik tavsiya ijtimoiy fanlardan dars o`tadigan o`qituvchi, pedagog xodimlar va barcha ta’lim sohasining mazkur yo`nalishiga qiziquvchi tinglovchilarga mo`ljallangan.